2026-yil uchun doktorantura va ilmiy tadqiqot yoʻnalishlariga kvotalar belgilandi

eʼlon qilindi
2026-yil uchun
Foto: Ochiq manbalar

Oʻzbekistonda 2026-yil uchun doktorantura va tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalari tasdiqlandi. Ushbu kvotalar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Innovatsion rivojlanish agentligining maʼlumotiga koʻra, kelasi yil ilmiy kadrlarni tayyorlashning barcha bosqichlari uchun jami 5,3 mingta oʻrin ajratilgan. Shundan 4,1 mingtasi tayanch doktorantura, 714 tasi doktorantura, 398 tasi stajyor-tadqiqotchi yoʻnalishlariga toʻgʻri keladi. Shuningdek, maqsadli doktorantura (PhD va DSc) uchun 76 ta kvota belgilanadi.

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari boʻyicha hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda bu yoʻnalishlarga 5200 ta, 2025-yilda esa 5250 ta kvota ajratilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan abituriyentlar uchun kontrakt va grant kvotalari kengaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek