Aktrisa Dayan Kiton 79 yoshida vafot etdi

12-oktabr 2025 16:21 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Foto: NBC news

Mashhur amerikalik aktrisa, «Oskar» mukofoti sovrindori Dayan Kiton 79 yoshida Kaliforniyada vafot etdi. Bu haqda uning oilasi maʼlum qildi.

Dayan Kiton (asl familiyasi Holl) 1946-yil Los-Anjelesda tugʻilgan. U 1970-yillarda Frensis Ford Koppolaning «Choʻqintirgan ota» trilogiyasida Key Adams-Korleone roli orqali butun dunyoda tanilgan.

Aktrisa, shuningdek, Vudi Allenning «Enni Xoll» filmidagi ijrosi bilan 1977-yilda «Eng yaxshi ayol roli» uchun «Oskar» mukofotini qoʻlga kiritgan. Shu film unga «Oltin globus» va Bafta sovrinlarini ham olib kelgan.

Kiton oʻz faoliyati davomida 60 dan ortiq film va teleseriallarda suratga tushgan. U «Uylangan ayollar», «Bir narsa berishi kerak», «Oila toshi», «Kitob klubi», «Chunki men shunday dedim» kabi kartinalarda rollar ijro etib, Gollivudning oʻziga xos uslubdagi aktrisalaridan biriga aylangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan rejissyor va teleboshlovchi Tigran Keosayan vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek