Charls Oliveyra ikkinchi raundda Mateush Gamrotni boʻgʻish usuli bilan magʻlub etdi — video

eʼlon qilindi
ufc
Foto: Troy Taormina/USA today Sports

Braziliyalik sobiq UFC chempioni Charls Oliveyra uch oylik tanaffusdan soʻng UFC Fight Night 261 turnirining bosh jangida Mateush Gamrotni ikkinchi raundda boʻgʻish usuli bilan mag‘lub etdi.

Jangning dastlabki daqiqalaridayoq Oliveyra hujumkor uslubda harakat qildi. Gamrot raqibini parterga olishga urindi, biroq bu taktika kutilgan natija bermadi. Braziliyalik sportchi darhol qulay pozitsiyani egallab, bir necha bor xavfli harakatlarini sinab koʻrdi.3

Ikkinchi raundda Oliveyra tashabbusni butunlay oʻz qoʻliga oldi. Aniq zarbalar seriyasidan soʻng u boʻgʻish usulini qoʻlladi. Hakam jangni 2-daqiqa 48-soniyada toʻxtatdi.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Bu gʻalaba Charls Oliveyra uchun professional faoliyatidagi 32-muddatidan avvalgi gʻalaba boʻldi. Ulardan 22 tasi boʻgʻish yoki ogʻriq keltiruvchi usullar bilan qoʻlga kiritilgan. Mateush Gamrot esa faoliyatidagi toʻrtinchi magʻlubiyatini qabul qildi.

UFC Fight Night 261 kechasining boshqa janglarida ham bir qator braziliyalik sportchilar gʻalabaga erishdi. Deyvson Figueyredo amerikalik Montela Jekson ustidan hakamlar qarori bilan zafar quchib, ikki magʻlubiyatli seriyasiga yakun yasadi. Shuningdek, Beatrish Meskita, Mario Pinto, Vitor Petrino va Juliya Polastri singari jangchilar ham oʻz raqiblarini muddatidan oldin yengishdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Konor Makgregor Oq uyda kimga qarshi jang qilishi maʼlum boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek