O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Axmedov vafot etdi

O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, general-polkovnik Rustam Urmanovich Axmedov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rustam Axmedov 1943-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti va Zirhli tank qo‘shinlari harbiy akademiyasini tamomlagan.
U 1991–1992-yillarda Mudofaa ishlari bo‘yicha vazir va Milliy gvardiya qo‘mondoni, 1992–1997-yillarda esa O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Rustam Axmedov, shuningdek, 1997–1998-yillarda Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lib ishlagan. U xizmatlari uchun «Faxriy yorliq», «Shon-sharaf» va «Do‘stlik» ordenlari bilan taqdirlangan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev marhum Ismoil Jo‘rabekov xonadoniga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.