Yangi zelandiyalik erkak eng uzun ism egasi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

eʼlon qilindi
Uning rasmiy ismi 2253 ta so‘zdan iborat
Foto: Guinness World Records

Yangi Zelandiyada Laurence Gregory Watkins ismli erkak dunyodagi eng uzun ism egasi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Uning rasmiy ismi 2253 ta soʻzdan iborat boʻlib, uni toʻliq aytish uchun 10 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladi.

Watkins 1990-yil 8-mart kuni oʻz ismini oʻzgartirish uchun ariza topshirgan. U ismiga tarixiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan minglab shaxslar, faylasuflar, siyosatchilar hamda yozuvchilarning nomlarini qoʻshganini aytadi.

«Bu ism insoniyat tarixining kichik ensiklopediyasiga oʻxshaydi, har bir ismning oʻz manosi bor», — deydi u.

Ismni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish dastlab rad etilgan, biroq Yangi Zelandiya Oliy sudi uning arizasini qoʻllab-quvvatlab, fuqaroga oʻz ismini erkin tanlash huquqini bergan.

Watkins hozir kundalik hayotda faqat ismining birinchi ikki soʻzidan foydalanadi, ammo toʻliq variant davlat arxivida saqlanadi. Uning gʻayrioddiy qarori ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, xalqaro nashrlar uni ismni kutubxonaga aylantirgan odam deb atagan.

Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik yoshlar robototexnika boʻyicha Ginnes rekordini oʻrnatgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek