BYD Braziliyada SkyRail loyihasini ishga tushirdi

13-oktabr 2025 09:56 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BYD
BYD Braziliyada SkyRail loyihasini ishga tushirdi / Foto: Xiaodi Express

Xitoyning BYD kompaniyasi tomonidan Braziliyaning San-Paulu shahrida yangi SkyRail monorels tizimi ishga tushirildi. Bu poyezd maksimal 616 nafar yo‘lovchini tashiy oladi.

Loyiha San-Paulu metrosining 17-oltin yo‘nalishi doirasida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

SkyRail liniyasining umumiy uzunligi 6,7 kilometr bo‘lib, u BYD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Yun texnologiyasi asosida qurilgan. Tizim 14 ta besh vagonli poyezddan iborat.

Har bir poyezd 616 kishini sig‘dira oladi, shuningdek, nogironlar uchun maxsus joylar ajratilgan. Loyihaning rasmiy ochilishi 2026-yilda bo‘lib o‘tadi. Tizim kuniga 100 ming yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan.

SkyRail boshqa ikkita metro liniyasi bilan bog‘lanadi, bu esa San-Pauludagi jamoat transporti samaradorligini oshiradi.

BYD Brazil SkyRail texnik direktori Aleksandr Barbosaning ta’kidlashicha, loyiha Braziliyada ekologik toza va innovatsion shahar transportini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BYD Yangwang U7 avtomobili kuchliroq versiyada taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek