Centrum Air Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

eʼlon qilindi
2025-yil 26-oktabrdan boshlab
Centrum Air Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi / Foto: Centrum Air

2025-yil 26-oktabrdan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent va Rossiyaning Sankt-Peterburg shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar haftada uch marta – dushanba, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik, ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Centrum Air 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniya qisqa muddat ichida O‘zbekistonning faol rivojlanayotgan xususiy aviatashuvchilaridan biriga aylandi. 2025-yil avgust holatiga ko‘ra, aviakompaniya parkida 11 ta zamonaviy samolyot mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air 2-oktabrdan Toshkent — Dehli yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshlagan edi.

Shuningdek