Yangiliklar

Iqtisodiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

Texnologik taraqqiyot orqali barqaror o‘sish shartlarini aniqlab bergani uchun
Foto: Ochiq manba

Iqtisodiyot bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchi Joel Mokyer, fransuz olimi Filippe Agion va kanadalik Peter Hovitga berildi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilindi.

Mukofotning yarmi Joel Mokyerga (Northwestern universiteti, AQSh) texnologik taraqqiyot orqali barqaror o‘sish shartlarini aniqlab bergani uchun, qolgan yarmi esa Filippe Agion (Collège de France, INSEAD, LSE) va Peter Hovitga (Brown universiteti, AQSh) ijodiy vayronkorlik orqali barqaror o‘sish nazariyasi uchun beriladi.

Mukofot egalari iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli mexanizmini tushuntirib bergan. So‘nggi ikki asr ichida insoniyat tarixida birinchi marta barqaror iqtisodiy o‘sish kuzatildi, bu esa millionlab odamlarni qashshoqlikdan chiqardi va hozirgi farovonlik asosini yaratdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan tinchlik bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti Mariya Korina Machadoga berilgani haqida yozgan edi.