Gadjetlar

Nubia Z80 Ultra smartfoni haqida nimalar ma’lum

Nubia Z80 Ultra smartfoni haqida nimalar ma’lum / Foto: Gizmochina

Nubia kompaniyasi tomonidan Nubia Z80 Ultra smartfoni 22-oktabr kuni taqdim etiladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Qurilma ekranida hech qanday teshik yoki kesma bo‘lmaydi, bu esa dizaynni butunlay silliq ko‘rsatadi. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlanadi, 16 GB gacha tezkor xotiraga ega bo‘ladi va Android 16 tizimida Nebula AIOS qobig‘ida ishlaydi.

Nubia Z80 Ultra 7200 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Shunga qaramay, uning qalinligi atigi 7,8 mm, og‘irligi esa 225 g atrofida bo‘ladi. Qurilma 90 vattlik tezkor zaryadlash va simsiz zaryadlash funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Displey 1,5K AMOLED panel bo‘lib, 144 Hz yangilanish chastotasini taklif etadi. Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, 35 mm fokus masofasiga ega.

Shuningdek, 50 MP ultra-keng burchakli kamera va OmniVision OV64B periskopik obyektiv o‘rnatiladi. Old kamera esa 16 MP bo‘lib, ekran ostiga joylashtiriladi.

Yangi model Phantom Black, Glacial White va Starry Collector’s Edition ranglarida taqdim etiladi. Shu bilan Nubia Z80 Ultra bozordagi eng yupqa va eng kuchli flagmanlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng qulay hamyonbop smartfonlar reytingi yangilangani haqida yozgan edi.