Gadjetlar

Oppo Find X9 Pro uchun Hasselblad Imaging Kit taqdim etildi

Oppo
Oppo Find X9 Pro uchun Hasselblad Imaging Kit taqdim etildi / Foto: Oppo

Oppo kompaniyasi yangi Hasselblad Professional Imaging Kit nomli maxsus modulli suratga olish to‘plamini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

U Find X9 Pro flagmaniga mo‘ljallangan va professional darajadagi foto va video suratga olish imkonini beradi.

Foto: Oppo

To‘plam tarkibiga Hasselblad telekonverteri, magnitli tutqich, magnitli qopqoq va yelkaga osiladigan professional kamar kiradi. Qurilma 16-oktabr kuni Oppo Find X9 seriyasi bilan bir vaqtda savdoga chiqadi.

Find X9 Pro 200 megapikselli Hasselblad periskop kamerasi bilan jihozlanadi. U 4K 120 fps Dolby Vision formatida video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Telekonverter yordamida foydalanuvchilar tasvirni yanada aniqroq va moslashuvchan tarzda suratga olishlari mumkin.

Foto: Oppo
Foto: Oppo

Magnitli tutqichda zatvor tugmasi va ergonomik ushlagich mavjud bo‘lib, u professional kamera uslubini ta’minlaydi.

Shuningdek, Oppo Find X9 modeli ham alohida videoaksessuarlar bilan chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Oppo Reno 15 Pro Max yangi smartfoni tafsilotlari oshkor qilingani haqida yozgan edi.