
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Misrda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qatar amiri devoni xodimlaridan uch nafari halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
«Misrning Sharm ash-Shayx shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Qatar amiri devoni uch nafar xodimining halok bo‘lgani haqida xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik», — deyiladi vazirlikning rasmiy bayonotida.
Vazirlik Qatar hukumati va xalqiga, halok bo‘lganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, ushbu hodisada jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya G‘azoga $27 millionlik gumanitar yordam ajratishi haqida xabar bergan edik.