
9 – 10-oktabr kunlari Bryussel shahrida o‘tgan Global Gateway forumi doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Energetika vazirliklari hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Yevropa investitsiya banki o‘rtasida Qambarota GES-1 loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metr suv sig‘imiga ega ombor va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiya qurilishi rejalashtirilgan. Bu yiliga 5,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Forumda mintaqadagi yirik gidroenergetika loyihalari — «Rog‘un» va «Qambarota» GESlarining ahamiyati, ularni moliyalashtirishda xalqaro moliya institutlarining roli hamda Markaziy Osiyoda energetika xavfsizligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Serbiya agrosektorni raqamlashtirishda hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.