Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qamoqqa olindi

eʼlon qilindi
U aniqlangan qonunbuzarlik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik evaziga $3 ming pora talab qilgan
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora sabab qamoqqa olindi
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora sabab qamoqqa olindi. Foto: Facebook

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora sabab qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, viloyatdagi Agroinspeksiya boshqarmasining yetakchi mutaxassisi fermer xo‘jaligida tekshiruv o‘tkazganida qonunbuzarlikni aniqlagan. U bu holat bo‘yicha choralar ko‘rmaslik evaziga $3 ming pora talab qilib, oldindan $500 olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida mutaxassis qolgan $2,5 mingni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Avvalroq Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgandi. U mansab vakolatidan foydalanib, tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yidagi 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga o‘tkazish evaziga hosil bo‘ladigan 60 sotix yer maydonidan 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratib berishni va hujjatlarni rasmiylashtirishni va’da qilgan. Buning evaziga u fuqaro­dan $15 ming talab qilib, avval $200 olgan.

Shuningdek