
Toshkent viloyati hududlarini poytaxt bilan bog‘lash ishlarini davom ettirish maqsadida yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi avtobuslar «O‘zbekiston mehmonxonasi» bekatidan «Yangi Toshkent» bekatigacha harakatlanadi. Unda 9,5 metrli, o‘rta sig‘imli sakkizta zamonaviy Yutong avtobuslari soat 05:30 dan 22:50 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.




Avvalroq Toshkentga 2026-yilgacha 1,2 mingta yangi avtobus olib kelinishi haqida xabar berilgandi. Transport vazirligi senator soʻroviga javoban Toshkent shahrida jamoat transportini modernizatsiyalash boʻyicha yirik dastur amalga oshirilayotganini ma’lum qildi.
Dasturga koʻra, 2025-yil oktabr oyida poytaxtga 200 dona yangi elektrobus olib kelinadi, 2026-yilda esa qoʻshimcha 1000 ta avtobus xarid qilinadi. Joriy yilning oktabrida olib kelinadigan 12 metrli 200 ta elektrobus hisobiga poytaxt jamoat transporti tizimida bir qator oʻzgarishlar amalga oshiriladi.