Sport

UWW Prezidenti Nenad Lalovich Toshkentdagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi — foto

Mehmonni Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib olgan
UWW Prezidenti Nenad Lalovich Toshkentdagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi / Foto: MOQ

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) prezidenti Nenad Lalovich Toshkentdagi Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, majmuaning imkoniyatlari bilan tanishdi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Mehmonni Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati kutib olgan. Lalovich shaharchadagi sport inshootlari, mashg‘ulot zallari hamda xalqaro musobaqalar o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Foto: MOQ
Foto: MOQ

U tashrif chog‘ida majmuaning infratuzilmasi, sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar va xalqaro talablarga javob beradigan texnik sharoitlardan katta taassurot olganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda qiymati $290 mlnlik Olimpiya shaharchasi ochilgani haqida yozgan edi.