8,3 mln so‘mdan oshgan 5 grammli oltin quyma, Rossiyadan deportatsiya qilinayotgan migrantlar — 14-oktabrning muhim hodisalari

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 8,3 mln so‘mdan oshdi
Парки в Ташкенте
14-oktabrning muhim hodisalari. Foto: Dilyara Sirojiddinova / Kursiv Uzbekistan

5 grammli oltin quyma 8,3 mln so‘mdan oshdi, Rossiya 770 ming nafar migrantni deportatsiya qilmoqchi — 14-oktabrning muhim hodisalari Kursiv Uzbekistan materialida.

Suv xo‘jaligi tizimida «Davlat suv kadastri» axborot tizimi yaratiladi

Suv xo‘jaligi tizimida «Davlat suv kadastri» axborot tizimi yaratiladi
Suv xo‘jaligi tizimida «Davlat suv kadastri» axborot tizimi yaratiladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev suv xo‘jaligi tizimini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Sohada «Davlat suv kadastri» axborot tizimi yaratiladi va 2026-yil apreliga qadar ishga tushiriladi.

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 8,3 mln so‘mdan oshdi

belchonock / depositphotos.com

14-oktabr kuni oltin quymalar narxi rekordni yana bir bor yangiladi. Regulyator xabariga ko‘ra, narxlar barcha toifadagi quymalar bo‘yicha o‘sdi. Xususan, 5 grammli quyma 8,103 mln so‘mdan 8,314 mln so‘mga oshdi. 10 grammli quyma 16,207 mln so‘mdan 16,628 mln so‘mga, 20 grammli quyma 32,414 mln so‘mdan 33,255 mln so‘mga ko‘tarildi.

Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish tartibi belgilandi

Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish tartibi belgilandi
Foto: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

«Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Qozogʻiston rasman Jahon chempionatidan mahrum boʻldi

Сборная Казахстана
Foto: Kff.kz

Qozogʻiston terma jamoasi safarda Shimoliy Makedoniya bilan durang oʻynagach, Jahon chempionati yoʻllanmasidan rasman mahrum boʻldi.

Rossiya 770 ming nafar migrantga nisbatan deportatsiya rejimini joriy etdi

Rossiya 770 ming migrantga nisbatan yangi «deportatsiya rejimi»ni joriy etdi
Rossiya 770 ming migrantga nisbatan yangi «deportatsiya rejimi»ni joriy etdi. Foto: ijtimoiy tarmoq

Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin mamlakatda noqonuniy yashayotgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning foiz stavkasi e’lon qilindi

avtokreditlar
O‘zbekistondagi eng qulay avtokreditlar / rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

13-oktabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 33,6 foizni tashkil etmoqda.

Britaniyaning BAT Uzbekistan kompaniyasi «O‘zBat»dagi 2,6% davlat ulushini sotib oldi

приватизация UzBat
Britaniyaning BAT Uzbekistan kompaniyasi UzBat’dagi 2,6% davlat ulushini sotib oldi. Foto: Unsplash

Bitim qiymati 269,7 milliard so‘m bo‘lib, u bo‘yicha shartnoma joriy yil sentabr oyi oxirida imzolangan. Bitimdan tushgan mablag‘lar respublika budjetiga yo‘naltirilgan. Qimmatli qog‘ozlar paketi mustaqil kompaniya tomonidan baholangan va hisobotning to‘g‘riligi tekshirilgan.

O‘zbekistondagi tuman va mahallalarga 7 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Mahalla
O‘zbekistondagi 33 ta tumanning har biriga 100 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Foto: Sapura Temirxanova / Kursiv uzbekistan

Prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, «Yangi O‘zbekiston» qiyofasi kirib boradigan 33 ta tuman va 330 ta og‘ir mahalla tanlab olindi. Endilikda ushbu har bir tumanga 100 milliard so‘m, har bir mahallaga esa 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi.

Mahalla raislariga 5 ming kvadratgacha bo‘sh obyektlarni auksionga chiqarish huquqi berildi

Mahalla raislariga 5 ming kvadratgacha bo‘sh obyektlarni auksionga chiqarish huquqi berildi
Mahalla raislariga 5 ming kvadratgacha bo‘sh obyektlarni auksionga chiqarish huquqi berildi. Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Mahalla raisi va hokim yordamchilariga besh ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarish huquqi berildi. Bunda sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahalla budjetida qolib, infratuzilmani rivojlantirishga sarflanadi.

15-oktabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

dollar
Foto: Depositphotos

15-oktabr uchun AQSh valyutasi 12 185,11 so‘m (+35,56 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 6,29 so‘mga tushib, 14 081,11 so‘mni, rubl esa 2,14 so‘mga oshib, 152,58 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 13-oktabrning muhim hodisalari haqida xabar bergandi.

Shuningdek