Banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning foiz stavkasi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning foiz stavkalari e’lon qilindi
avtokreditlar
Banklarda mikroqarz va avtokreditlarning foiz stavkasi e’lon qilindi. rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

13-oktabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 33,6 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,6 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Anor bank» – 41,8%;
  • «TBC bank» – 41%;
  • «Tenge bank» – 39,8%;
  • «Apex bank» – 38,3%;
  • «Octobank» – 37,9%.
Grafik: Markaziy bank

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Infinbank» – 25,6%;
  • «Trast bank» – 25,8%;
  • «BRB» – 26%;
  • «Aloqabank» – 26,1%;
  • «OFB» – 26,2%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha foiz stavkasi 24,1 foizda saqlanib qoldi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,6 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,9 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Garant bank» – 16%;
  • «Ipoteka bank» – 19,9%;
  • «Infinbank» – 20,2%;
  • «OFB» – 21,4%;
  • «BRB» – 21,9%.
Grafik: Markaziy bank

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Madad Invest bank» – 28%;
  • «Hamkorbank» – 27,4%;
  • «Asia Alliance bank» – 27,4%;
  • «Trast bank» – 27,5%;
  • «Poytaxt» – 26,5%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-oktabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek