Google AQShdan tashqaridagi eng yirik SI markazini Hindistonda quradi

eʼlon qilindi
Markaz Hindistonning Vishakhapatnam shahrida joylashadi
Google AQShdan tashqaridagi eng yirik SI markazini Hindistonda quradi / Foto: New York Times

Google Hindistonning janubidagi Andxra-Pradesh shtatida sun’iy intellekt ma’lumotlar markazini qurish uchun 5 yil davomida $15 mlrd sarmoya kiritadi. Bu kompaniyaning mamlakatdagi eng yirik investitsiyasi hisoblanadi, deya yozmoqda Reuters.

Google Cloud bosh direktori Tomas Kurian ma’lumot berishicha, yangi markaz kompaniyaning AQShdan tashqaridagi eng yirik SI markazi bo‘ladi. Vishakhapatnam shahrida joylashadigan markaz dastlab 1 gigavatt quvvat bilan ishga tushadi.

Google bu yil butun dunyo bo‘ylab ma’lumotlar markazlarini kengaytirishga katta mablag‘ ajratmoqda. Loyiha Hindistonning sun’iy intellekt sohasidagi rivojlanishini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, Hindistonda Microsoft, Amazon, Adani Group va Reliance kabi kompaniyalar ham ma’lumotlar markazlariga katta sarmoya kiritmoqda. Google esa Adani Group va Airtel bilan hamkorlikda xalqaro dengiz osti internet tarmog‘ini quradi.

Rasmiylarga ko‘ra, yangi markaz 188 mingta ish o‘rni yaratadi va Hindistonning raqamli infratuzilmasini yanada kuchaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI, Oracle va SoftBank AQShda yirik SI markazlari qurishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek