Honor Magic 8 va Magic 8 Pro smartfonlari qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi

14-oktabr 2025 10:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor Magic 8 Pro smartfoni
Honor Magic 8 va Magic 8 Pro smartfonlari qanday imkoniyatlar bilan taqdim etiladi / Foto: Honor

Honor kompaniyasi Honor Magic 8 va Magic 8 Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazadi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Brend vakillari Pro versiya 7200 mA/soat sig‘imli katta batareyaga ega bo‘lishini rasman tasdiqladi. Oddiy Magic 8 modelida esa bu ko‘rsatkich 7000 mA/soatni tashkil etadi.

Model texnologiyalari

Honor ma’lumotiga ko‘ra, yangi Magic 8 seriyasi sun’iy intellekt asosidagi OTA yangilanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu tizim tarmoq qamrovini yaxshilaydi va energiya sarfini 13 foizgacha kamaytiradi.

Foto: Notebookcheck

Magic 8 texnik xususiyatlari Smartfon qalinligi 7,9 mm, og‘irligi 205 g bo‘ladi. U 90 Vt simli va 80 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Orqa panelda 50 MP asosiy, 200 MP telefoto va 50 MP ultra keng burchakli kameralar joylashgan. Old kamera ham 50 MP bo‘ladi. Displey — 6,58 dyuymli 1,5K OLED panel.

Magic 8 Pro xususiyatlari

Pro versiyaning qalinligi 8,3 mm, og‘irligi esa 219 g bo‘lishi aytilmoqda. U ham 6,71 dyuymli 1,5K OLED ekran bilan jihozlanadi. Kamera tizimi Magic 8 bilan bir xil — 50 MP asosiy, 200 MP telefoto, 50 MP ultra keng burchakli va 50 MP old kamera.

Foto: Huawei

Magic 8 Pro 120 Vt tezkor simli va 80 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Har ikki model Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori va Android 16 asosidagi MagicOS 10 tizimida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo X300 smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek