Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish tartibi belgilandi

«Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu nizom zararli yoki xavfli ish sharoitiga ega ish joylarini imtiyozli pensiya ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi.
Xodimlardan kelib tushgan takliflar ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yuboriladi.
Komissiya takliflarni ko‘rib chiqish jarayonida ish joyining rejasi, texnologik jarayonlarga rioya etilishi, uskunalar holati va himoya vositalarining mavjudligini tekshiradi. Aniqlangan kamchiliklar attestatsiya o‘tkazilishidan oldin bartaraf etilishi shart qilib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yoshlarning «yashil tashabbuslari»ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.