JSST Hindistonda aniqlangan zaharli yo‘tal siroplari haqida ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonda aniqlangan uch turdagi ifloslangan yo‘tal siroplari haqida ogohlantirish berdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Zararlangan mahsulotlar orasida Coldrif (Sresan Pharmaceutical), Respifresh TR (Rednex Pharmaceuticals) va ReLife (Shape Pharma) bor. Mazkur siroplarda me’yordan qariyb 500 barobar yuqori miqdorda diatilen glikol aniqlangan.
Tashkilot bu mahsulotlarni jiddiy sog‘liq xavfi tug‘diruvchi deb baholadi; ular og‘ir zaharlanish va hatto o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Hindiston sog‘liqni saqlash organlari siroplarning Chhindvara tumanida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar tomonidan iste’mol qilingani va ularning o‘limi haqida xabar tarqalgan.
CDSCO ma’lumotiga ko‘ra, ifloslangan dorilar Hindistondan eksport qilinmagan va AQSh FDAsi ham bu mahsulotlar AQShga yetkazilmaganini tasdiqladi.
JSST mamlakatlarga ushbu dorilarni bozordan olib tashlash va aholiga ularni iste’mol qilmaslik haqida ogohlantirish berishni tavsiya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaron shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edik.