Sport

Kabo-Verde ilk marta Jahon chempionatiga yoʻl oldi

Umumiy 23 ochko toʻplagan
Foto: Kabo-Verde FF

Afrikaning kichik orol davlatlaridan biri Kabo-Verde milliy terma jamoasi tarixda ilk bor futbol boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Pedro Bubista boshqaruvidagi jamoa JCh – 2026 saralash bosqichining 10-turida Esvatini termasini 3:0 hisobida magʻlub etib, 23 ochko toʻpladi va guruhda birinchi oʻrinni egalladi.

Taxminan 525 ming aholiga ega orol davlat Kamerun va Liviya kabi kuchli raqiblarni ortda qoldirib, mamlakat futboli tarixida yangi sahifa ochdi. Jamoa saralash bosqichida 7 gʻalaba, 2 durang va 1 magʻlubiyat qayd etdi.

Jahon chempionati 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuligacha AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi. Hozircha musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar soni 22 taga yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan JCh – 2026 uchun chiptalar narxlari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.