
«Palach» nashri oktabr oyida sotib olish uchun eng yaxshi smartfonlar ro‘xyatini e’lon qildi. Ular o‘z segmentida yaxshi qurilma deya baholanmoqda.
Tecno Spark 40 Pro

Bu smartfon o‘z segmentida eng yaxshi ekran bilan ajralib turadi. Unda 144 Hz yangilanish tezligiga ega 1,5K AMOLED displey, 1600 nit yorqinlik va 6,7 mm yupqa korpus mavjud. Qurilma MediaTek Helio G100 Ultimate protsessori, stereodinamiklar va 5200 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan.
Realme 12+
Yarim yildan beri bozorda bo‘lishiga qaramay, Realme 12+ hali ham ommabop. U Dimensity 7050 chipi, 50+8+2 MP kameralar va 67 Vt tezkor zaryadlash bilan jihozlangan. 8/256 GB xotira va 45 daqiqada to‘liq zaryad — bu segmentda ajoyib natija sifatida baholanadi.
Xiaomi Poco F6
Snapdragon 8s Gen 3 protsessorli bu model o‘z narxiga nisbatan juda kuchli. Unda 1,5K 120 Hz displey, 12/512 GB xotira, 90 Vt zaryad va 35 daqiqada to‘liq quvvatlanish imkoniyati mavjud.

iQOO Neo 10
Yangi Snapdragon 8s Gen 4 chipi bilan ishlaydigan bu model o‘yinlar uchun eng yaxshi variantlardan biri. 144 Hz AMOLED displey, 7000 mA·soat batareya (120 Vt zaryad bilan 40 daqiqada to‘liq), 4K60fps videoyozuvga ega 32 MP old kamera — bu sinfda bunday texnologiya kam uchraydi.
Huawei Nova 13 Pro
Bu model kuchli kamera imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Asosiy tizim 50+12+8 MP sensorga ega bo‘lib, optik stabilizatsiya va o‘zgaruvchan diafragma (f/1.4–f/4) funksiyasiga ega. Old tomonda esa ikki kamera (60+8 MP) joylashgan. Faqatgina kamchiligi — Google xizmatlari yo‘qligi, ammo ularni o‘rnatish mumkin.
Xiaomi 14T
Bu smartfon IP68 himoyasi, 1,5K 144 Hz ekrani, Dimensity 8350 Ultra protsessori va 50+50+12 MP kameralar tizimi bilan e’tiborni tortadi. Displeyning 1600 nit yorqinligi va sifatli stereo tovushi tufayli u har tomonlama balansli variant.
Xiaomi Poco F7 Pro

Bu model fotografiya bo‘yicha biroz zaifroq bo‘lsa-da, ishlash quvvatida yetakchi. Unda Snapdragon 8 Gen 3 protsessori, QuadHD displey (1800 nit) va 6000 mA/soat batareya mavjud. 90 Vt zaryadlash orqali to‘liq quvvat olish uchun 40 daqiqa kifoya.
iPhone 15
Apple’ning 2023-yilgi modeli hanuzgacha eng muvozanatli variantlardan biri. A16 Bionic chipi, 48+12 MP kamera, Dynamic Island dizayni va Super Retina XDR OLED displeyi bilan u hali ham mukammal ishlaydi. iPhone 16’da katta farq yo‘qligi uchun aynan 15’ni olish hozir eng to‘g‘ri tanlov.
OnePlus 13
Bu model kuch, dizayn va texnologiyani birlashtiradi. IP69 himoyasi, 6,82 dyuymli LTPO AMOLED 120 Hz displey, Snapdragon 8 Elite protsessori va 50+50+50 MP kameralar tizimi uni Android flagmanlari orasida kuchli raqibga aylantiradi. 6000 mA·soat batareya 40 daqiqada to‘liq zaryadlanadi.
Samsung Galaxy S25 Ultra

Bozordagi eng mukammal Android flagmanlardan biri. Qurilmada QuadHD displey anti-yaltirash qoplamasi bilan, S Pen stylus va 200+10+50+50 MP kameralar tizimi mavjud. Ikki optik zum (3x va 5x) surat sifati jihatidan bu modelni birinchi o‘ringa olib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung yangi smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.