Yangiliklar

Oracle va AMD yangi SI chiplariga asoslangan bulutli xizmatlarni yo‘lga qo‘yadi

2026-yilning uchinchi choragida
Oracle va AMD yangi SI chiplariga asoslangan bulutli xizmatlarni yo‘lga qo‘yadi / Foto: Moneycontrol

Oracle o‘z bulutli xizmatlarida AMD’ning yangi MI450 chiplaridan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Dastlab 2026-yilning uchinchi choragida 50 mingta MI450 protsessori ishga tushiriladi. Keyingi yillarda bu quvvat yanada kengayadi. Bitim AMD’ga yangi chiplarini joriy etish, Oracle’ga esa hisoblash imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.

AMD yaqinda OpenAI bilan ko‘p yillik kelishuvni e’lon qildi. ChatGPT yaratuvchisi chip ishlab chiqaruvchining 10 foizgacha ulushini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, OpenAI AMD bilan birgalikda MI450 chiplarini takomillashtirmoqda va shu asosda yirik hisoblash markazini qurishni rejalashtirgan.

OpenAI Oracle bilan ham yirik shartnoma imzolagan bo‘lib, taxminan 5 yil davomida $300 mlrdlik hisoblash quvvatini xarid qilishi kutilmoqda. Bu sun’iy intellekt bozorida eng katta hamkorliklardan biri hisoblanadi.

Yangi «AI superklasterlar» AMD’ning «Helios» rack dizayni asosida ishlaydi. Nvidia ham GPU va CPU’larni birlashtirgan tizimlar orqali bozor yetakchiligini saqlab turibdi. AMD esa bu yo‘nalishda faol raqobat olib borib, o‘z texnologiyalarini tez sur’atlarda kengaytirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oracle tizimlariga hujumi ortida 100 dan ortiq kompaniyalar zarar ko‘rgani haqida yozgan edik.