O‘zbekiston «U-20» jamoasi Qozog‘iston yoshlari ustidan g‘alaba qozondi — 3:1

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston «U-20» terma jamoasi Qozog‘iston yoshlar jamoasini ikkinchi bor mag‘lub etdi. O‘rtoqlik uchrashuvida o‘zbekistonliklar 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq o‘zbekistonliklar tashabbusni qo‘lga oldi. Ammo hisob 8-daqiqada qozog‘istonlik Ali Turg‘anov tomonidan ochildi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Abdug‘afur Haydarov O‘zbekistonning dastlabki golini kiritdi. U taym yakunlanishidan avval dubli bilan hisobni 2:1 ga yetkazdi. R. Haydarov jamoasi o‘yin markazini nazorat qilib, raqibga deyarli hujum qilish imkonini bermadi.
Tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchilar o‘yinni o‘z nazoratida ushlab turishdi. 53-daqiqada Asilbek Jumayevning zarbasi bilan hisob 3:1 ga o‘zgardi. Bahs davomida O‘zbekiston o‘yinchilari mudofaa va pressingda barqaror o‘yin ko‘rsatib, g‘alabani saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Qayrat» – «Real» o‘yiniga kira olmagan o‘zbekistonlik bolaga Makelele imzosi tushirilgan to‘p sovg‘a qilingani haqida yozgan edik.