Sport

Qozogʻiston rasman Jahon chempionatidan mahrum boʻldi

Qoʻshnilarimiz “J” guruhida 7 oʻyinda 7 ochko jamgʻargan holda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi
Qozogʻiston rasman Jahon chempionatidan mahrum boʻldi / Foto: Kff.kz

Qozogʻiston terma jamoasi safarda Shimoliy Makedoniya bilan durang oʻynagach, Jahon chempionati yoʻllanmasidan rasman mahrum boʻldi.

Qozogʻistonliklar jamoasi safida Dinmuhammad Karaman 54-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, mezbonlar futbolchisi Enis Bardi muvozanatni tikladi.

Qoʻshnilarimiz «J» guruhida 7 oʻyinda 7 ochko jamgʻargan holda toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. Shimoliy Makedoniya esa 13 ochko bilan ikkinchi oʻrinni band qilgan. Guruh yetakchiligini 14 ochko bilan Belgiya egallab turgan boʻlsa, Uels terma jamoasi 10 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Qozogʻiston terma jamoasi 15-noyabr kuni saralash bosqichi doirasidagi soʻnggi turda Belgiyani qabul qiladi. Shimoliy Makedoniya esa 18-noyabr kuni Uels mehmoni boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionatiga har bir guruh yetakchilari toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma oladi. Ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar esa pley-off bosqichida ishtirok etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiy davlatlar oʻrtasida futbol turniri oʻtkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.