Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va bank o‘rtasidagi hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi loyihalar muhokama qilingan.
Uchrashuvda YTTB ko‘magida amalga oshirilayotgan irrigatsiya, «yashil iqtisodiyot» va boshqa infratuzilma loyihalari alohida e’tirof etilgan. Shuningdek, bank tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Women in Business va Youth in Business dasturlari mamlakatdagi ko‘plab xotin-qizlar hamda yoshlarning hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirayotgani qayd etildi.

Saida Mirziyoeva, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha hamkorlikni yuksak baholagan.
Tomonlar Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli mintaqada ishonch va hamkorlik muhiti mustahkamlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqi vakili Kaya Kallas bilan uchrashgani haqida yozgan edi.