SpaceX Starship raketasining 11-parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi

eʼlon qilindi
Hodisa AQShning Texas shtatida bo‘lib o‘tdi
SpaceX Starship raketasining 11-parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi / Foto: Reuters

Ilon Mask asos solgan SpaceX kompaniyasi 13-oktyabr kuni Texas shtatidagi Starbase markazidan Starship raketasining 11-parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Raketani orbitaga olib chiqqanidan so‘ng, Super Heavy kuchaytirgich yetti daqiqa o‘tib Meksika qo‘ltig‘iga yumshoq tarzda qo‘ndi.

Bu parvoz kompaniyaning Oy va Mars missiyalari uchun mo‘ljallangan yangi, modernizatsiyalangan Starship prototipini uchirishdan avvalgi so‘nggi sinov bo‘ldi. Uchish davomida dvigatel tizimi va issiqlikka chidamli plitalar sinovdan o‘tkazildi.

NASA rahbari vazifasini bajaruvchi Shon Daffi ushbu missiyani «amerikaliklarni Oy janubiy qutbiga qo‘ndirish sari katta qadam» deb atadi.

Foto: Reuters

Yaqin kelajakda SpaceX orbital yoqilg‘i quyish tizimi va boshqa texnik yangiliklarga ega bo‘lgan yangi Starship versiyasini uchirishni rejalashtirgan. SpaceX prezidenti Gvin Shotvell bu modelni «odamlarni Oy va Marsga olib chiqadigan haqiqiy kema» deb ta’rifladi.

2021-yilda SpaceX NASAning Artemis dasturi doirasida $3 mlrdlik shartnomani qo‘lga kiritgan. Mutaxassislarning fikricha, Starship insoniyat yaratgan eng qudratli raketa bo‘lib, kelajakdagi Oy va Mars ekspeditsiyalarida muhim rol o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX’ning Falcon 9 raketasi 28 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini orbitaga chiqargan edi.

Shuningdek