Toshkentga 202 ta yangi Yutong elektrobusi olib kelindi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Avtobuslar Toshkentning 34 ta yo‘nalishida ishga tushiriladi
                    
                            
Toshkent shahriga 202 ta yangi Yutong elektrobusi olib kelindi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ xabar berdi.
Elektrobuslarni topshirish marosimida poytaxt hokimligi, Transport vazirligi rahbariyati ham ishtirok etgan. Avtobuslar Toshkentning 34 ta yo‘nalishida ishga tushiriladi.

Ularning ichki qismida o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozuvlar o‘rnatilgan. Akkumlyator bloklari soni 10 tadan 9 tagacha kamaydi, lekin sig‘imi va diapazoni oshdi. Avtobusning og‘irligi kamligi hisobiga shinalari sekinroq eskirishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.