Yangiliklar

Toshkentga 202 ta yangi Yutong elektrobusi olib kelindi

Avtobuslar Toshkentning 34 ta yo‘nalishida ishga tushiriladi
Yutong elektrobusi
Toshkentga 202 ta yangi Yutong elektrobusi olib kelindi / Foto: Tranport vazirligi

Toshkent shahriga 202 ta yangi Yutong elektrobusi olib kelindi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ xabar berdi.

Elektrobuslarni topshirish marosimida poytaxt hokimligi, Transport vazirligi rahbariyati ham ishtirok etgan. Avtobuslar Toshkentning 34 ta yo‘nalishida ishga tushiriladi.

Foto: Transport vazirligi

Ularning ichki qismida o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozuvlar o‘rnatilgan. Akkumlyator bloklari soni 10 tadan 9 tagacha kamaydi, lekin sig‘imi va diapazoni oshdi. Avtobusning og‘irligi kamligi hisobiga shinalari sekinroq eskirishi aytilmoqda.

Foto: Transport vazirligi

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Toshkentda yangi 197-sonli avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgan edi.