Gadjetlar

Vivo X300 smartfoni taqdim etildi

U iPhone 17 Pro va Samsung Galaxy S26 Pro modellari bilan raqobat qiladi
Vivo X300 smartfoni
Vivo X300 smartfoni taqdim etildi / Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi tomonidan Xitoyda Vivo X300 smartfoni rasman taqdim etildi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma’lum qildi.

Ushbu qurilma Dimensity 9500 protsessorida ishlovchi birinchi ixcham flagmani bo‘lib, iPhone 17 Pro va Samsung Galaxy S26 Pro modellari bilan raqobat qiladi.

Ekran va dizayn

Smartfon 6,31 dyuymli OLED displeyga ega. Uning aniqligi 2640×1216 piksel, maksimal yorqinligi 4500 nit, yangilanish tezligi esa 120 Hz’ga teng. Ekran 2160 Hz PWM chastotasi bilan ko‘zni himoya qiladi. Qurilmaning qalinligi atigi 7,95 mm, og‘irligi esa 190 g.

Foto: Vivo

Kamera tizimi

Vivo X300 uch kamerali tizim bilan jihozlangan bo‘lib, u 200 megapikselli Samsung S5KHPB asosiy sensoriga ega. Bu modul keng burchakli suratlar uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, 50 megapikselli Samsung S5KJN1 ultra keng burchakli kamera va 50 megapikselli Sony LYT-602 telefoto moduli o‘rnatilgan. Old kamera ham 50 MP aniqlikka ega bo‘lib, yuqori sifatli selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan.

Batareya va imkoniyatlar

Qurilma 6040 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. U 90 Vt simli va 40 Vt simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, smartfon IP69 himoya darajasi, ultratovushli barmoq izi skaneri, NFC, IR-port, stereodinamiklar, USB 3.2 Type-C porti va OriginOS 6.0 (Android 16) tizimiga ega.

Narxlar:

Xotira konfiguratsiyasiNarxi (AQSh dollari)
12 GB / 256 GB$620
16 GB / 256 GB$660
12 GB / 512 GB$705
16 GB / 512 GB$745
16 GB / 1 TB$815

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo 200 MP kamerali yangi V60e smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.