Abduqodir Husanov “Everton”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin

15-oktabr 2025 17:45 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Abduqodir Hsanov safga qayti
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov jarohatdan tiklanib, jamoaning asosiy mashg‘ulotlariga qaytdi. Futbolchi Angliya Premyer ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Eveton»ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.

«Arsenal»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan futbolchi oktabr oyidagi terma jamoa yig‘inini o‘tkazib yubordi. «Siti»da Husanovdan tashqari Omar Marmush va Rayan Ayt-Nurilar ham safga qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» va «Everton» uchrashuvi shanba kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov jarohati sabab kamida uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek