Farg‘onada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroning noqonuniy faoliyati fosh etildi. Bu haqda departament matbuot xizmati ma’lum qildi.
U Xo‘ja Ahmad Vale nomidagi mahalladagi uyida 6880 dona «Zardeks» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.
Tadbir davomida dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda narkotik savdosi bilan bog‘liq holatlar fosh etilgan edi.