General Motors $1,6 milliardlik zarar ko‘rishi mumkin

eʼlon qilindi
2025-yilning uchinchi choragida
General Motors $1,6 milliardlik zarar ko‘rishi mumkin / Foto: CNN

General Motors (GM) kompaniyasi uchinchi chorakda $1,6 mlrdlik zarar qayd etishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Bunga AQSh hukumati tomonidan elektromobillar uchun beriladigan $7,5 minglik soliq imtiyozining bekor qilinishi sabab bo‘ldi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi siyosiy o‘zgarishlar tufayli elektromobillarga bo‘lgan talab pasayib, ishlab chiqarish hajmi rejalashtirilgan darajadan kamayishi mumkin.

Bundan tashqari, Tramp ma’muriyati joriy etgan yangi bojlar avtomobil sanoatiga bosimni oshirib, GM’ning o‘tgan chorakdagi $1,1 mlrdlik zararga sabab bo‘lgan.

Tahlilchilarning fikricha, hozirgi bozor holatida gibrid avtomobil ishlab chiqaruvchi Toyota va Honda kabi kompaniyalar afzal mavqega ega bo‘lmoqda. GM esa yangi iqtisodiy sharoitlarga moslashish strategiyasini ishlab chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Tracker 2026 avtomobili uchun Midnight Edition paketi taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek