
2026-yilda AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 jamoadan 28 tasi yoʻllanmani naqd qildi.
14-oktabr oqshomida Yevropa qit’asidan birinchi boʻlib, Angliya terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini rasmiylashtirgan boʻlsa, Afrika qit’asidan Senegal va Kot-dʼIvuar terma jamoalari ham oʻz yoʻllanmalarini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Osiyodan 4-bosqich saralash o‘yinlarida Qatar 2:1 hisobida BAAni mag‘lub etdi va guruhda 1-o‘rinni egalladi. Saudiya esa Iroq bilan 0:0 o‘ynadi va to‘plar nisbatiga ko‘ra, mundial yo‘llanmasini naqd qildi.
Endi yarimta yo‘llanma uchun BAA va Iroq yana o‘ynaydi. Ularning g‘olibi Qit’alararo saralashga chiqadi.
15-oktabr holatiga koʻra, «JCh – 2026″ga «Qora qit’a»dan 9, Osiyodan 8, Janubiy Amerikadan 6, Yevropa va Okeaniyadan bittadan jamoalar yoʻllanmaga ega boʻldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kabo-Verde oʻz tarixida ilk marta Jahon chempionatiga yoʻl olgani haqida xabar bergan edi.