
Mercedes-Benz kompaniyasi tomonidan Vision Iconic avtomobili namoyish etildi. Bu haqda RG xabar bermoqda.
Modeldagi futuristik kupе brendning dizayn va texnologiyalarning yangi davriga kirishini ifodalaydi. Model klassik 1930-yillar uslubini sun’iy intellekt, avtopilot va energiya samaradorligi kabi zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiradi.
Tashqi ko‘rinishda asosiy urg‘u — yoritilgan va raqamli effektlarga ega xrom radiator panjarasiga berilgan. Bu g‘oya ilk bor elektr GLC modelida sinovdan o‘tkazilgan edi.

Vision Iconic 4-darajali avtopilot, steer-by-wire (mexanik bog‘lanishsiz rul tizimi) va Solar Paint qoplamasi bilan jihozlangan. Bu qoplama quyosh nurlaridan energiya ishlab chiqaradi va yiliga taxminan 12 ming km qo‘shimcha yurish masofasini ta’minlaydi.
Shuningdek, avtomobil neyromorf hisoblash tizimlari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular inson miyasi faoliyatini taqlid qiladi va avtonom boshqaruv tizimlarining energiya sarfini 90 foizgacha kamaytiradi.
Salon Art Deco uslubida bezatilgan. Unda moviy baxmal o‘rindiqlar, somondan yasalgan mozaikali pol va analog soatlar bilan raqamli interfeyslarni birlashtirgan shisha modul Zeppelin mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Zeekr 001 elektromobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.