O‘zbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida Qirg‘iziston yoshlariga mag‘lub bo‘ldi

eʼlon qilindi
1:2 hisobda
O‘zbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida Qirg‘iziston yoshlariga mag‘lub bo‘ldi / Foto: UFA

O‘zbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi – 2026 saralash bosqichining so‘nggi guruh bahsida Qirg‘iziston jamoasiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Garchi o‘zbekistonlik futbolchilar oxirigacha kurash olib borgan bo‘lsalar-da, tanaffusdan keyingi hujumlarda imkoniyatlarini golga aylantira olishmadi.

Uchrashuv teng kurash ostida boshlandi. Har ikki jamoa markaz uchun faol kurash olib bordi. Hisobni 35-daqiqada mehmonlar ochishdi — Sumaya Maxammadsaliyeva qanotdan o‘tib, jarima maydonchasidan aniq zarba berdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida O‘zbekiston jamoasi hujumga o‘tdi, biroq 49-daqiqada Akmaral Sayakbayeva raqib himoyasidagi xatodan foydalanib, hisobni 2:0 ga yetkazdi.

52-daqiqada Shaxzoda Alixonova burchak to‘pidan keyingi kuchli zarbasi bilan farqni qisqartirdi. Qolgan daqiqalarda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘pni nazorat qilib, bosim o‘tkazishga harakat qilishdi, ammo Qirg‘iziston himoyachilari intizomli o‘yin ko‘rsatib, g‘alabani saqlab qoldilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston U-20 jamoasi Qozog‘iston yoshlari ustidan g‘alaba qozongan edi.

Shuningdek