O‘zbekistonga turistlar oqimi 2 barobarga o‘sdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘p
Buxoro
Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekiston 8,6 mln.dan ortiq xorijiy sayyohni qabul qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘p.

Davlatlar kesimida turistlar oqimi ham sezilarli o‘sgan. 2025-yilda 2022-yilga nisbatan Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravar ko‘paygan.

Foto: Ahmad Muhammadov / Kursiv Uzbekistan

Bundan tashqari, turistik xizmatlar eksporti $3,6 mlrddan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni qariyb 20 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek