O‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p qaysi davlatlarda o‘qimoqda

eʼlon qilindi
2025-yilning yanvar–avgust oylarida 20,7 ming nafar o‘zbekistonlik o‘qish maqsadida chet elga ketgan
O‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p qaysi davlatlarda o‘qimoqda
O‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p qaysi davlatlarda o‘qimoqda. Foto: ijtimoiy tarmoq

2025-yilning yanvar – avgust oylarida 20,7 ming nafar o‘zbekistonlik o‘qish maqsadida chet elga ketgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1 ming kishiga yoki 24,6 foizga kamaygan.

Eng ko‘p o‘qishga ketganlar Tojikiston (5,3 ming nafar), Rossiya (4,7 ming nafar) va Qirg‘iziston (3 ming nafar)ni tanlagan. Shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSh ham o‘zbekistonlik talabalar o‘qish maqsadida ketgan mamlakatlar qatoridan joy olgan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyada xorijiy talabalar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda ekani ma’lum qilingandi. Koreyada eng ko‘p ta’lim olayotganlar vyetnamlik talabalar 107,8 ming nafar, ikkinchi o‘rinda xitoyliklar — 86,1 ming nafar, ulardan keyin o‘zbekistonliklar. Yetakchi beshlikka, shuningdek, mo‘g‘ullar (17,8 ming) va nepalliklar (15,5 ming) ham kiradi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya 2025-yil avgust holatiga ko‘ra 225,7 ming nafar xorijiy talabani qabul qilgan.

Shuningdek