Prezident «Yangi avlod» sanoat zonasidagi yirik loyihalar bilan tanishdi

eʼlon qilindi
Davlat rahbari «Anglesey Food» MChJning mahsulot saqlash va taqsimlash markazida ham bo‘ldi
Prezident «Yangi avlod» sanoat zonasidagi yirik loyihalar bilan tanishdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasida bo‘lib, yangi alyuminiy qadoq ishlab chiqarish va salqin ichimliklar quyish majmuasining ishga tushirilishida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Mazkur sanoat zonasi 2024-yil 20-martda davlat rahbari qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, u zamonaviy infratuzilma, qulay logistika va investorlar uchun yaratilgan imtiyozlari bilan ajralib turadi.

Foto: President.uz

Hududdagi yirik loyihalardan biri — «East Can Solutions» kompaniyasining alyuminiy qadoqlash majmuasi bo‘lib, qiymati 90 mln dollarni tashkil etadi. Bu loyiha xorijiy investitsiyalar asosida moliyalashtirilmoqda. Korxona zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, yiliga dastlab 600 mln dona, keyinchalik esa 2,2 mlrd dona alyuminiy qadoq ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Natijada $60 mlnlik import o‘rni qoplanadi va 20 mln dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi. Korxonada 500 ta yangi ish o‘rni ochilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: President.uz

Prezident «Yangi avlod» sanoat zonasining umumiy rivojlanish strategiyasi bilan ham tanishdi. Bu yerda oziq-ovqat, mashinasozlik, kimyo va qurilish materiallari yo‘nalishlarida 1,2 mlrd dollarlik 58 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ularning ishga tushirilishi natijasida 7,6 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Foto: President.uz

Shuningdek, davlat rahbari «Anglesey Food» MChJning mahsulot saqlash va taqsimlash markazida ham bo‘ldi. 10 gektar maydonda joylashgan bu korxona «Korzinka» do‘konlar tarmog‘i uchun mahsulotlarni saqlash, saralash va qadoqlash xizmatini ko‘rsatadi. Markaz 49 ming kvadrat metrlik ombor maydoniga ega bo‘lib, Markaziy Osiyodagi «A» sinfiga kiruvchi eng yirik logistika majmuasi hisoblanadi.

Foto: President.uz

Tadbir yakunida Mirziyoyev jamoatchilik bilan suhbatda so‘nggi yillarda O‘zbekistonga $130 mlrdlik xorijiy investitsiyalar kirib kelganini ta’kidladi. U, shuningdek, yangi xalqaro aeroport qurilishi Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Koreya sarmoyasi asosida amalga oshirilayotganini, bu esa mamlakatimiz kelajagiga bo‘lgan katta ishonch ifodasi ekanini qayd etdi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishini boshlab bergan edi.

Shuningdek