Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyada baronessa Ariel de Rotshild bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda u o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.
U baronessa Ariel Malard de Rotshild bilan uchrashuv va ekskursiya uchun minnatdorlik bildirgan.




«Rothschild & Co kompaniyasi ushbu yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotganidan mamnunman hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik yanada rivojlanishiga umid qilaman», — deya qayd etgan Mirziyoyeva.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida «Yangi O‘zbekiston — ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat» mavzuidagi davra suhbatida ishtirok etgan.
Ayni O‘zbekistonda paytda Buyuk Britaniyaning 270 dan ortiq kompaniyalari faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashgani haqida yozgan edi.