Samsung Galaxy S22, S22 Plus va S22 Ultra smartfonlari uchun One UI 8 yangilanishi to‘xtatildi

eʼlon qilindi
Kompaniya bu bo‘yicha rasmiy izoh bermagan
Samsung
Samsung Galaxy S22, S22 Plus va S22 Ultra modellari uchun One UI 8 yangilanishini to‘xtatildi / Foto: CNET

Samsung kompaniyasi Galaxy S22, S22 Plus va S22 Ultra modellari uchun mo‘ljallangan One UI 8.0 yangilanishini tarqatishni to‘xtatdi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Yangilanish Samsung serverlaridan olib tashlangan. Kompaniya bu bo‘yicha rasmiy izoh bermagan, biroq odatda bunday holat muhandislar tizimda jiddiy xatolik aniqlaganida yuz beradi. Ular bunday paytda tarqatishni to‘xtatib, muammoni bartaraf etuvchi hotfix versiyasini tayyorlaydi.

Foto: Sammobile

Agar One UI 8 allaqachon o‘rnatilgan bo‘lsa, foydalanuvchilar uni avvalgi versiyaga qaytara olmaydi. Dastlabki fikrlarga ko‘ra, yangi tizim barqaror ishlamoqda va hatto unumdorlik biroz oshgan.

Yangilanishni hali yuklab ulgurmaganlar esa biroz kutishlariga to‘g‘ri keladi — hozircha One UI 8.0 versiyasi Samsung’ning rasmiy serverlarida vaqtincha mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung yangi smartfonini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek