Qazaq Air Ostonadan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

eʼlon qilindi
Mazkur yo‘nalishda reyslar 7-noyabrdan boshlab amalga oshiriladi
Qazaq Air
Qazaq Air Ostonadan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Foto: ijtimoiy tarmoq

Qozog‘istonning VietJet Qazaqstan (Qazaq Air) aviakompaniyasi Ostona — Samarqand — Ostona yo‘nalishida yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda mamlakat Transport vazirligi xabar berdi.

Mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar 7-noyabrdan boshlab haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Aviakompaniya Ostonadagi markaziy aeroport orqali yo‘lovchilarga Bishkek, Samarqand, Omsk va Novosibirsk shaharlariga qulay parvozlarni taklif qilmoqda. Yangi yo‘nalishlar mintaqadagi biznes, turizm va madaniy aloqalarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Avvalroq VietJet Qazaqstan Turkistondan Samarqandga qatnovlarni 25-oktabrgacha uzaytirgani haqida xabar berilgandi. Endi qatnovlar yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi. Bu yo‘lovchilarga safarlarini yanada qulay va oson rejalashtirish imkonini beradi. Jumladan, juma va yakshanba kunlari quyidagi qatnovlar amalga oshiriladi:

  • IQ 509 reysi: Turkiston – Samarqand, jo‘nab ketish 12:45, yetib borish 14:15;
  • IQ 510 reysi: Samarqand – Turkiston, jo‘nab ketish 15:05, yetib borish 16:30.

Bir tomonlama chipta narxi 14 000 tengedan (332,1 ming so‘m) boshlanadi.

Shuningdek