Yangilangan Chevrolet Cobalt qanday narxda sotiladi

15-oktabr 2025 17:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Cobalt 2025 avtomobili
Foto: Chevrolet

«UzAuto Motors» AJ yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobili ommavoy ishlab chiqarilishini e’lon qildi. Kompaniya Chevrolet Cobalt 2025 modelining narxi va shartnomalar ochilish muddatini ham ma’lum qildi.

Yangi Chevrolet Cobalt Style MCM va Midnight MCM versiyalarida ishlab chiqariladi. 2025-yil 3-noyabrdan boshlab ushbu yangi modifikatsiyalar barcha Chevrolet dilerlik markazlarida xaridorlarga taqdim etiladi.

Foto: Chevrolet

Cobalt Midnight MCM komplektatsiyasi dizayn va texnologiya uyg‘unligiga asoslangan. Avtomobil saloni ekocharmdan tayyorlangan isitish tizimiga ega va yangi tikuv uslubida bezatilgan o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Interyer to‘liq qora ranglarda ishlangan. Ruldagi boshqaruv pultlari, polik qoplamasi, asboblar paneli, markaziy konsol, eshik qoplamalari va audio tizim dekorlari yagona rang gammasida bezatilgan.

Chevrolet Cobalt 2025 modelining narxi qancha / Foto: Chevrolet

Eksteryerda ham Midnight uslubining o‘ziga xosliklari saqlangan. U qora rangga bo‘yalgan yon oynalar, qoraytirilgan faralar va qora quyma g‘ildirak disklar avtomobilga sportona, zamonaviy ko‘rinish beradi.

MyLink tizimi 7 dyuymli sensorli ekran bilan ishlaydi. Audio sifati avvalgi modellarga qaraganda sezilarli darajada yaxshilangan. Biroq orqa ko‘rish kamerasi hali mavjud emas.

Yangi Cobalt uchun narxlar:

  • Cobalt Style MCM — 156 100 000 so‘m;
  • Cobalt Midnight MCM — 165 200 000 so‘m.

Mavjud komplektatsiyalar narxlari o‘zgarishsiz qoladi:

  • Cobalt Style AT Plus — 147 916 000 so‘m;
  • Cobalt Midnight AT — 155 231 000 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Chevrolet Cobalt avtomobilining texnik xususiyatlari haqida yozgan edi.

Shuningdek