Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar uchun yangi imtiyozlar belgilandi

O‘zbekistonda zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qaror zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yanada qulay sharoit yaratish, yuqori sifatli mahalliy buyumlarga bo‘lgan talabni qondirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qilgan.
2022-yilda qabul qilingan PQ–452-son qarorga muvofiq, qimmatbaho metallarni birja savdolari va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalar muddati 2029-yil 1-fevralga qadar uzaytirildi.
Shuningdek, 2026-yil 1-fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlar ro‘yxatini shakllantirishda qo‘shimcha mezonlar joriy etiladi. Ular orasida yangi ish o‘rinlari yaratish, zargarlar bilan rasmiy mehnat shartnomalari tuzish hamda kamida bir oy davomida barqaror faoliyat olib borish talablari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish tartibi belgilangani haqida yozgan edik.