
Xiaomi Group prezidenti Redmi K90 Pro Max smartfoni haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Xiaomi’ning joriy avlodidagi ikkinchi Pro Max modeli bo‘lib, Xiaomi 17 Pro Max dan keyingi navbatdagi premium qurilma hisoblanadi.
Ushbu yangi modelning taqdimoti oktabr oyi oxirigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Redmi mahsulot menejeri Sun Tsunning so‘zlariga ko‘ra, Redmi K90 Pro Max $560 (4000 yuan) narxda taqdim etiladi. Mashhur insayder Digital Chat Station ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi, 2K ruxsatdagi displey bilan jihozlanadi va K-seriya tarixida ilk bor periskopli kamera moduliga ega bo‘ladi.
Redmi K90 Pro Max kompaniyaning flagman segmentidagi raqobatni kuchaytirishi va o‘rta narxdagi eng kuchli smartfonlardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi Turbo 5 smartfoni haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.