AirAsia Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

eʼlon qilindi
15-oktabr kuni AirAsia aviakompaniyasining ilk reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi
AirAsia X
AirAsia Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Foto: Uzbekistan Airports

Joriy yil 15-oktabr kuni AirAsia aviakompaniyasining Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishidagi ilk reysi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Samolyotda 260 nafar yo‘lovchi bo‘lib, ular suv arkasi ostida kutib olindi va ekipaj a’zolariga gullar taqdim etildi.

AirAsia vakillari bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm va biznes aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Endilikda Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi reyslar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida, AirAsia Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik aviatashuvchilardan biri bo‘lib, 136 ta xalqaro yo‘nalish va 258 ta marshrutni o‘z ichiga olgan keng tarmoq, qulay narxlar va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish bilan tanilgan.

Mazkur yangi yo‘nalishning ochilishi O‘zbekistonga Malayziya, Indoneziya, Singapur kabi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan sayyohlar oqimini ko‘paytirishi kutilmoqda.

Shuningdek