Honor MagicPad 3 Pro plansheti taqdim etildi

16-oktabr 2025 09:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Honor

Honor kompaniyasi tomonidan yangi Honor MagicPad 3 Pro plansheti taqdim etildi. Bu haqda Mydrivers xabar bermoqda.

Ushbu model hozircha Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori asosida ishlaydigan yagona planshet bo‘lib, Antutu testida 4,3 mlndan ortiq ball to‘plagan. Shu sababli u hozircha dunyodagi eng kuchli planshet sifatida e’tirof etilmoqda.

Foto: Honor

Yangi model 13,3 dyuymli 3K (3200×2136) displey va 165 Hz yangilanish tezligiga ega. Batareya sig‘imi 12 450 mA/soat, quvvat olishi esa 80 Vt. Shuningdek, u 23 Vt gacha teskari quvvat berish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Planshet MagicOS 10 (Android 16) operatsion tizimida ishlaydi. Yuqori versiyada 16 GB RAM o‘rnatilgan.

Foto: Honor

Honor MagicPad 3 Pro uch xil komplektatsiyada taqdim etildi:

  • 12/256 GB — $530;
  • 12/512 GB — $615;
  • 16/512 GB — $660.

Yangi planshet sotuvi 23-oktabr kuni boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honor Magic 8 va Magic 8 Pro smartfonlari qanday imkoniyatlar bilan taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek