Jahon banki O‘zbekistonga 800 mln dollar ajratadi

eʼlon qilindi
Mablag‘lar ish o‘rinlarini yaratish, xususiy sektorni rivojlantirish va xalqaro savdoni kengaytirishga yo‘naltiriladi
Jahon banki
Jahon banki / Foto: ESG News

Jahon banki O‘zbekistonga $800 mlnlik imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, ushbu mablag‘lar kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ayollarni mehnatdagi tazyiqlardan himoya qilish, ijtimoiy xizmatlar va raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Loyihalar doirasida energiya tariflarining oshishidan aziyat chekayotgan oilalarga yordam puli miqdori 1 mln so‘mgacha oshiriladi, xususiy sektor ishtirokida ijtimoiy xizmatlar bozori yaratiladi, telekommunikatsiyada mustaqil regulyator tashkil etiladi va qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimi joriy qilinadi.

Shuningdek, energetika bozorini xususiy investorlar uchun ochish, qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilarga elektrni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish imkonini berish, hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan milliy dastur yaratish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar ajratishi haqida yozgan edi.

Shuningdek