Joriy yilda O‘zbekistonda 155 ta qiz erta turmushga berilgan

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda 15–17 yosh oralig‘idagi qizlar o‘rtasida 155 ta nikoh holati qayd etildi
Joriy yilda O‘zbekistonda 155 ta qiz erta turmushga berilgan
Joriy yilda O‘zbekistonda 155 ta qiz erta turmushga berilgan. Foto: ijtimoiy tarmoq

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 15–17 yosh oralig‘idagi qizlar o‘rtasida 155 ta nikoh holati qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlanishicha, mamlakatda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari ham mavjud. Bunday nikohlar jiddiy xavflarni keltirib chiqaradi, ya’ni nogiron bolalar tug‘ilish ehtimolini oshiradi.

Shuningdek, vazir prezident boshchiligida o‘tkazilgan selektorda xotin-qizlarning intervalga rioya qilmagan holatda, bir kalendar yilida ikki marta homilador bo‘lish holatlari, nimjon, salomatligiga putur yetgan farzandlarning dunyoga kelish holatlari ham eslab o‘tilganini aytdi.

Vazir mamlakatda mahalla qo‘mitalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktika va ma’rifiy ishlar kuchaytirilishini ma’lum qildi.

Avvalroq Surxondaryoda 15 yoshli qiz 28 yoshli erkakka turmushga berilgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, bu holat Denov tumanidagi Ozod mahallasida yashovchi qiz bilan bog‘liq ekani aniqlangan. 2025-yil iyul oyida mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan qizning turmushga berilishi qonun hujjatlariga zid ekani ta’kidlangan va oilaga ogohlantirish berilgan.

Shunga qaramay, 10-avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgan. Holat bo‘yicha mahalliy profilaktika inspektori qonunchilikka muvofiq ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llab, aybdorlarga jarima belgilagan. 22-sentabr kuni esa nikoh o‘qigan va nikohiga olgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek